AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya janubiy koreyaliklarning 20 ming smartfoniga hujum qildi

Janubiy Koreya Milliy razvedka agentligi ma`lumotlariga ko`ra, janubiy koreyaliklarning 20 mingga yaqin smartfonlari Shimoliy Koreya xakerlari tomonidan ishlab chiqilgan viruslar bilan zararlangan, deb yozmoqda kun.uz. Bu haqda Chosun Ilbo xabar bermoqda.

Xakerlar Janubiy Koreyaning turli portallariga zararli ilova-dasturlarni joylashtirib chiqishgan. Zararlangan smartfonlar orqali maxfiy ravishda videos`yomka va eshitish faoliyati olib borilgan. Hozirgi vaqtda Janubiy Koreya hukumati ushbu tahdidni zararsizlantirgan.

Razvedka agentligi aynan kimlar Shimoliy Koreya xakerlari qurboniga aylanganiga va ushbu xakerlik hujumlariga aynan kimlarga qaratilganiga aniqlik kiritmadi. Qayd etishlaricha, KXDR xakerlarining hujumi 2014 yilning 19 mayidan 16 sentyabriga qadar davom etgan.

    Boshqa yangiliklar