Misr poytaxti Qoxira shahri chekasidagi cherkovda portlash sodir etildi, deya xabar berdi Bbc.com nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, binoga ichiga 2 ta portlovchi qurilma solingan sumka tashlangan. Bundan xabar topgan polisiya hududga etib kelib, sumkani ko`zdan kechirayotganida bomba portlagan. Voqea natijasida bir polisiyachi vafot etdi yana 2 nafari jarohat olgan. Shuningdek, bir necha fuqarolar ham yaralangani xabar qilinmoqda. Hozircha hech bir terrorchilik tashkiloti mazkur xunrezlik uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olganicha yo`q.






