Yapon malikasi Masako so`nggi o`n bir yil ichida birinchi marta jamoatchilik oldida tantanali ziyofatda ko`rinish berdi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
Malika chorshanba kuni Niderlaniyad qiroli Villem-Aleksandr va uning turmush o`rtog`i Maksima tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimga keldi. Tadbir imperator Akixito va uning xotini Mitiko tomonidan tashkil etildi.





