Mashhurlar qishki ta`tilda qaerda va qanday o`tkazayotgani haqida "Kunutun" nashri ma`lumot berdi.
Xonanda Shahzoda ta`tilni Dubayda o`tkazmoqda. U o`zining instagramdagi sahifasi orqali hordiqdagi suratlari va videolari bilan bo`lishmoqda.
Shahzodaning yaqin dugonasi xonanda Nilufar Usmonova ham Dubayda Yangi yil ta`tilida. U ham dugonasi kabi ijtimoiy tarmoqqa ta`til suratlarini joylagan.
Munisa Rizaeva qishki ta`til uchun Amerika Qo`shma Shtatlariga uchib ketgan.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov ham oilasi bilan chet el sayohatiga jo`nab ketgan. U rafiqasi va farzandlari bilan Turkiyada dam olmoqda.
Xonanda Jahongir Otajonov Moskva shahrida.
Xonanda Dineyra ham qishki ta`tilda Rossiyaga yo`l olgan. U go`zal Moskva shahrida tushgan suratlari bilan bo`lishmoqda.
Ozoda Nursaidova ham qishki ta`tilni Turkiyada o`tkazmoqda.
Jahongir Poziljonov va Dilshod Mirzamurotov ham oilasi bilan Dubayda hordiq chiqarmoqda.