AQSh Prezidenti Donald Tramp millatga murojaat bilan chiqib, kutilgan favqulodda holat e`lon qilish o`rniga mamlakatdagi byudjet tanazzulida javobgarlikni Meksika bilan chegarada devor qurilishini istamayotgan demokratlarga yukladi.
U muhojirlarning chegaradan noqonuniy o`tishi va narkotik kirib kelishi tufayli yiliga Vetnam urushi davridan ko`proq qurbon berilishini, devor esa o`z xarajatini tezda qoplashini ta`kidladi.
Bundan tashqari, "Meksika va Kanada bilan savdo bitimi ham bu xarajatlar qoplanishiga asos bo`ladi", - dedi Tramp.






