Xitoyning Chunsin shahri metrosida sodir bo`lgan favqulodda hodisa oqibatida bir kishi hayotdan ko`z yumgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
3 kishi jarohatlangan, 30 nafar yo`lovchi zudlik bilan xavfsiz joyga ko`chirilgan.
Qayd etilishicha, shahar metrosi halqa yo`lidagi avariya kecha mahalliy vaqt bilan 17:00 atrofida bekatlar oralig`idagi himoya eshiklarida texnik nosozlik tufayli yuz bergan. Hodisada sostav relsdan chiqib ketmagan.
Avariya bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






