AsosiyDunyo

Yong`inda qurbon bo`lgan qizlarning xotira marosimi o`tkazildi

'Yong`inda qurbon bo`lgan qizlarning xotira marosimi o`tkazildi 'ning rasmi

Polshaning Koshalin shahri aholisi Kvestrumda ro`y bergan yong`inda qurbon bo`lgan o`smir qizlarning xotira marosimini o`tkazish uchun to`planishdi, deya xabar bermoqda Rambler nashri.

5 nafar qizning barchasi 15 yoshda edi. O`tgan hafta so`ngida ko`ngilochar markazda qizlardan biro`z tug`ilgan kunini dugonalari bilan nishonlagan. Kvestrumda bo`lgan qizlar o`yin qoidalariga ko`ra chiqish yo`lini izlashayotgan edi. Ammo binoning birinchi qavatida boshlangan yong`in chiqish yo`llarini yopib qo`ygani tufayli qizlar xonada qamalib qolishgan. Xotira marosimiga yig`ilganlar marhumalarning oilalariga va yaqinlariga hamdardlik bildirish uchun to`planishganini ta`kidlashdi.

    Boshqa yangiliklar