Gresiya hukumatinecha yillardan buyon dengizda bo`lgan eski kemalarning barchasini quruqlikka olib chiqishni boshladi, deya xabar berdi Bbc.com nashri.
Hozirga qadar ko`rfaz yaqinida o`nlab yuk va yo`lovchi tashuvchi tashlandiq kemalarsaqlanib kelingan. Hukumatning bu qaroriga sabab esa kemalar zamonaviy daryo transportiga xalal berish bilan birga, atrof-muhitga katta miqdorda zarar etkazayotganidir. Yaroqsiz kemalarni nima qilish borasida biror qaror qabul qilingani yo`q. Ularning ayrimlari boshqa davlatlarga tegishli bo`lib, halokatga uchragach, Gresiya hududida qolib ketgan. Hukumatning fikricha, ularni o`z egalariga qaytarish zarur.






