1

Xamesning orzulari amalga oshdi

Sport 30.10.2014, 18:24
Xamesning orzulari amalga oshdi

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges so`nggi uch-to`rt yildan beri Madridning "Real" klubida faoliyat olib borishni orzu qilgan ekan.

– Men doimo "Real"da o`ynashni xohlardim va bu mening orzuim edi. Mana o`sha orzuim amalga oshib, "qirollik klubi"da to`p surmoqdaman. Bu erda uzoq yillar qolishni istayman va jamoadagi o`rnimni yo`qotmaslikka bor vujudim bilan harakat qilaman. Iqtidorimga ishonaman, ammo futbolda omad bo`lmasa, buning o`zi kamlik qiladi, – deydi futbolchi.

Eslatib o`tamiz, ushbu mavsum madridliklar safida 16 uchrashuv o`tkazib, 5 gol va 5 golli pasga mualliflik qilgan.

SPORTS.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1