AsosiyDunyo

Sank-Peterburg aholisi stress holatidan chiqish uchun enotlar yordamidan foydalanmoqda

'Sank-Peterburg aholisi stress holatidan chiqish uchun enotlar yordamidan foydalanmoqda 'ning rasmi

Rossiyaning Sank-Peterburg shahri stress holatidan chiqish uchun enotlar yordamidan foydalanmoqda, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.

Gap shundaki, Yuliya Sibiryakova ismli ayol bir necha yildan buyon uyida enotlarni boqib keladi va u jonivorlar asabni tinchlantirishini hamda stressga qarshi samara berishini isbotlagan. Hozirda uning uyiga ruhiy toliqqan hamda stress holatidagi odamlar enotlar terapiyasiga kelishadi. Ular jonivorlarni bir necha daqiqa silab o`tirgach, haqiqatan ham o`zlarini engil his qilishayotganini ta`kidlashmoqda. Fan buni hali isbotlamaganiga qaramay, bu terapiyaga bo`lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar