Alp tog`laritizmasida bir necha kun davom etgan kuchli qor bo`roni oqibatida kamida 7 kishi halok bo`ldi, deya xabar qildi TASS nashri.
Avstriyadan 3 nafar chang`ichi, Germaniyadan 2 kishi, Italiyadan yana 2 nafar alpinist qurbonlar ro`yxatida ekani xabar qilinmoqda. Bundan tashqari, yana bir necha kishi bedarak yo`qolgan. Ushbu hududlarda qorning balandligi 50, ba`zi joylardaesa 80 santimetrgacha etgan. Yomon ob-havo tufayli bir necha ming uy va korxona elektr tokisiz qolgan. Ta`kidlanishicha, yomon ob-havo sababli Xoxkar tog`-chang`i kurorti ham o`z ishini to`xtatib qo`ygan.






