AQShning Amazon internet kompaniyasi dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.
U bozordagi kapitallashuv bo`yicha Microsoftni yana ortda qoldirib, reytingda birinchilikni qo`lga kiritgan. Amazon kapitallashuvi aksiyalari narxi 3,4 foizga ko`tarilgach, 797 mlrd. dollarga etdi. Microsoftning kapitallashuvi esa 789 mlrd. dollarni tashkil qilmoqda. Ushbu reytingda 3-o`rinni Alphabet xolding, 4-o`rinni esa Apple egallab turibdi. Amazon rahbari Jeff Bezos esa dunyoning eng boy odamlari ro`yxatida etakchilik qilmoqda. Microsoft asoschisi Bill Geyts ushbu ro`yxatda 2-o`rinda turibdi.






