Olimlar birinchi marta laboratoriya sharoitida inson oshqozonini plyuripotent hujayralari (xohlagan turdagi hujayraga aylana oladigan hujayra turi)yordamida o`stirdi. Uch o`lchamli «minioshqozon» dori-darmonlar ta`siri hamda kasallik qo`zg`atuvchi organizmlarni o`rganishda qo`llaniladi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida yoritilgan.
Biologlar 2 yil mobaynida embrion organizmida oshqozon rivojlanishining asosiy bosqichlarini aniqladi. Ularni Petri idishiga qo`yib, o`zak hujayralarni oshqozon hujayralariga aylantirdi. Bir oyda diametri 3 millimetrni tashkil etgan, turli xildagi moddalardan iborat bo`lgan uch o`lchamli organoidlarni chiqarishga muvaffaq bo`ldilar.
So`ngra tadqiqotchilar «oshqozon»ni gastrit, oshqozon hamda o`n ikki barmoqli ichak yarasini keltirib chiqaruvchi Helicobacter pylori bakteriyasi bilan zararladi. Bir kun ichida mikrob oshqozon bo`ylab tarqalib, c-Met saraton genini keltirib chiqardi.
Bundan tashqari, olimlar bu organoidlarni diabet va boshqa kasalliklarni o`rganishda ham qo`llamoqchi. Bunday tadqiqotlarni hayvonlarda o`tkazish maqsadga muvofiq emas, chunki hayvon va odam oshqozoni tuzilishi bir-biridan tubdan farq qiladi.





