1

Shifokorlar bir yil ovqatlanmagan bolaga tashxis qo`ya olmadi

Salomatlik 30.10.2014, 18:35
Shifokorlar bir yil ovqatlanmagan bolaga tashxis qo`ya olmadi

Amerikalik 12 yoshli Lendon Jons ismli bola bir yil ovqatlanmasdan yashab, shifokorlarni qiyin ahvolga solib qo`ydi, deya xabar berdi Vesti.ru.

Lendon oxigi marta 2013 yil oktyabrida pissa va muzqaymoq iste`mol qilganidan beri hech narsa emaydi. Mahsulotlar hidini sezsa-da, ochlik va chanqoqlikni his qilmaydi.

Velosipedda sayr qilish va do`stlari bilan bog`da o`ynashni yoqtirgan serharakat bolaning hozirda 24 soat davomida boshi aylanib, ko`ngli ayniydi. Uning ota-onasi bolani davolash uchun AQShning turli shtatlaridagi 5 ta klinikaga bordi, hatto bir kasalxonadan 4 ming dollar qarz ham bo`lib qoldi. Lekin bolani davolashning iloji topilmadi.

«Biz bolani sinchiklab o`rgandik, biroq aniq bir tashxis qo`ya olmadik», — deb ta`kidladi 33 yillik malakaga ega bolalar nevropatologi Mark Patterson.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1