AsosiyDunyo

Berlinda yaroqlilik muddati o`tgan oziq-ovqatlar savdosi yo`lga qo`yildi

'Berlinda yaroqlilik muddati o`tgan oziq-ovqatlar savdosi yo`lga qo`yildi 'ning rasmi

Germaniya poytaxti Berlinda joylashgan do`konlardan biri yaroqlilik muddati o`tgan oziq-ovqatlar savdosini yo`lga qo`ydi, deya xabar berdi Bbc.com nashri.

Do`kon egasi Rafael Felmer har oy so`ngida supermarket va restoranlardan yaroqlilik muddati o`tgan yoki yaqinlashib qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini yig`ib keladi. Ularni esa saralab sifatlilarini savdoga qo`yadi. Uning fikriga ko`ra, oziq-ovqatlar muddati o`tgan, degan belgisi bo`lishiga qaramay, hamon iste`molga yaroqli bo`lib, inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz.

Savdo peshtaxtalariga yaroqlilik muddati o`tgan, deb yozib qo`yilgan. Xaridorlar ularni hidlab, tekshirib, shundan so`ng 30-80 foiz arzon narxga xarid qilishmoqda. Rafael Felmerning ta`kidlashicha, bu atrof-muhit tozaligiga, biznesiga va odamlar uchun ham foydali ishdir.

    Boshqa yangiliklar