1

Penchak silat bo`yicha “Uzbekistan Open – 2014” xalqaro turnirida o`zbekistonlik sportchilar birinchi

Sport 31.10.2014, 09:02
Penchak silat bo`yicha “Uzbekistan Open – 2014” xalqaro turnirida o`zbekistonlik sportchilar birinchi

Poytaxtimizdagi “O`zbekiston” sport majmuasida bolalar, o`smirlar, xotin-qizlar va kattalar o`rtasida penchak silat bo`yicha “Uzbekistan Open – 2014” xalqaro turniri yakunlandi, deya xabar bermoqda O`zA.
Musobaqada O`zbekiston, Malayziya, Singapur, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog`iston va Qirg`izistondan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Sportchilarimizdan Muhammad Rahimov, Asqar Sherboev, Bour Jonuzoqov, Umid Abdurahmonov, Sherzod Abdug`aniev va Dilnoza Latipova Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, g`olib va sovrindorlar safidan o`rin egalladi.
Turnirda O`zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o`ringa sazovor bo`ldi. Malayziya va Singapur sportchilari shohsupaning keyingi pog`onalaridan joy oldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1