Avstriyada qalin qor yog`ishi tufayli ayrim aholi hududlari tashqi dunyodan uzilib qoldi, deya ma`lum qilmoqda Euronews.com nashri.
Qor miqdori me`yoridan ikki barobar oshib ketgan. Tog`li joylarda qorning qalinligi bir metrdan yuqori. Aholi punktlaridan odamlar evakuasiya qilinmoqda. Ular vaqtinchalik boshpana bilan ta`minlangan. Alp tog`lariga yaqin hududlarda esa favqulodda holat joriy qilindi. Alpinistlardan tog`li hududni zudlik bilan tark etishi so`raldi.






