Sanches bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida munosabat bildirib, Yamalning harakatini tanqid qilganlarga javob qaytardi. Bu haqda
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat bayrog‘ini namoyish etishni nafratga chaqiriq deb baholash noto‘g‘ri yondashuv hisoblanadi.
"Davlat bayrog‘ini namoyish etishni nafratga undash deb hisoblaydigan kishi yo aqlini yo‘qotgan, yoki o‘z sharmandaligi bilan ko‘r bo‘lib qolgan. Lamin shunchaki millionlab ispanlar kabi Falastinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu esa u bilan faxrlanishimiz uchun yana bir sababdir", — deb yozdi Ispaniya bosh vaziri.
Bosh vazir Yamalning Falastinni qo‘llab-quvvatlashi uning shaxsiy pozitsiyasi ekanini ta’kidlab, bu holat bilan faxrlanishini bildirdi.






