Shu kunlarda rossiyalik olimlar orbitada aylanayotgan va er bilan urilib ketishi mumkin bo`lgan uchinchi asteroidni kashf qilishdi. Samo jismi Lomonosov universtitetida yaratilgan Master robot-teleskopi yordamida aniqlangan.
Loyiha rahbari Vladimir Lipunovning “Izvestiya”ga aytishicha, yangi asteroid 2014 UR116 ikki kun oldin kashf qilingan bo`lib, meteoritning er bilan to`qnashuvi kuchli sunamini yuzaga keltirishi yoki butun evropani yo`q qilib yuborishi mumkin.





