1

OITS kasalligining yuqmasligini ta`minlaydigan dori o`ylab topildi

Salomatlik 31.10.2014, 12:22
OITS kasalligining yuqmasligini ta`minlaydigan dori o`ylab topildi

Fransuz olimlari OITS kasalligini yuqtirib olish xavfini 90% gacha kamaytiruvchi dori ishlab chiqdi, deb xabar berdi «Segodnya».

Dori shunday xavf ostida bo`lgan bir guruh kishilar orasida sinovdan o`tkazildi. Olimlar aniqlashicha, kasallik yuqtirish xavfi sezilarli darajada pasaygan.

O`z navbatida, OITSga qarshi kurashuvchi jamg`armalar bu dori AQShda o`z samarasini ko`rsatganini inobatga olib, «aloqaga qadar profilaktika» tamoyilini qo`llashga chorladi. Agar bu dori muntazam ravishda iste`mol qilinsa, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi yuqish xavfi birmuncha pasayadi. Amerika OITS jamg`armasi matbuot kotibi Yusuf Ozod dori sinovi natijalari uning qanchalik samarador ekanini ko`rsatganini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1