AsosiyDunyo

Burkina-Faso prezidenti mamlakatdagi favqulodda holatni bekor qildi

G`arbiy Afrikada joylashgan Burkina-Faso prezidenti Blez Kompaore favqulodda holatni bekor qilib, muxolifat bilan hukumatni topshirish haqidagi muzokaraga tayyor ekanligini ma`lum qildi, deb xabar berdi TASS.

Prezidentning bu haqdagi bayonoti davlat telekanallarida 30 oktyabr kuni kechasi namoyish etildi. Avvalroq Kompaore mamlakatda favqulodda holat e`lon qilgan, chunki muxolifat kuchlari 1987 yildan buyon hokimiyatni egallab kelayotgan prezidentning yana hukumat tepasida qolishiga qarshi chiqib, ommaviy namoyish o`tkazgan edi.

O`tgan haftada Burkina-Faso hukumati konstitusiyaga o`zgartishlar kiritib, amaldagi prezidentga saylovlarda qatnashish huquqini beruvchi referendum o`tkazish maqsadini ma`lum qilgan edi. Biroq, poytaxt Uagadugu va boshqa shaharlarda bo`lib o`tgan ommaviy namoyishlar tufayli referendum bekor qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar