1

Bahodir Nasimov faoliyatini Eronda davom ettiradi

Sport 31.10.2014, 12:36
Bahodir Nasimov faoliyatini Eronda davom ettiradi

O`zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradigan bo`ldi. Nasimov kecha Xuroson shahrining «Padideh» jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Bu haqida jurnalist Usmon Ibodov tvitterdagi sahifasida xabar berib o`tgan.
"Bahodir Nasimov kuni kecha Eronning «Padideh» Xuroson klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Samarqandlik 27 yoshli hujumchi yozga qadar Eron Pro-ligasida Mashhad shahri sharafini himoya qiladigan klub safida to`p suradi", - deya xabar beradi Usmon Ibodov.
Eslatib o`tamiz, Bahodir Nasimov bunga qadar Ozarbayjonning "Neftchi" klubi sharafini himoya qilgan va bir necha oydan buyon erkin agent maqomida bo`lib turgan edi.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1