Britaniyalik mashhur qo`shiqchi Adel gastrol karerasiga nuqta qo`ymoqchi, deb xabar bermoqda Rambler nashri.
“Oskar” va “Gremmi” sohibasi sahnadan ketib, musiqiy biznesiga nuqta qo`yishga tayyorgarlik ko`rmoqda. Bunga asosiy sabab uning o`g`lidir. Adel birmuncha fursat o`g`li Anjeloning tarbiyasi bilan shug`ullanmoqchi.
Ammo Adel bir kun, albatta, sahnaga qaytishini ta`kidlagan.






