Aktyorning karerasini nafaqat muvaffaqiyatsiz film, balki badfe`llik ham yo`qqa chiqaradi, deb xabar berdi Gubdaily.ru nashri.
Shaya LaBaf
“Transformerlar” yulduzi beboshlik qilishni o`ziga ikkinchi “kasb” qilib olgan. “Dunyodagi eng mast okrug” filmida Shaya o`ta mast holatda ko`p bora suratga olish maydonchasiga kelardi.
Charli Shin
80-90-yillarda juda mashhur bo`lgan Charli Shin hozirga kelib giyohvand moddalarga moyillgi tufayli kinoekranlardan tushib qolgan.
Uesli Snayps
“Bleyd” trilogiyasi sharofati bilan dunyoga mashhur bo`lgan Uesli Snayps rejissyorlar bilan ko`p bahslashgani tufayli ham hozirda uni kinofilmlarda kam ko`ramiz.
Lindsi Loxan
Yoshligida o`ta mashhur bo`lgan Loxan piyonistaligi uchun hozirda kinoda suratga tushmay qo`ygan.






