AsosiyDunyo

Olmaotada teraktga tayyorgarlik ko`rayotgan guruh qo`lga olindi

'Olmaotada teraktga tayyorgarlik ko`rayotgan guruh qo`lga olindi'ning rasmi

Qozog`iston Milliy Xavfsizlik qo`mitasi (MXQ) bugun bayonot berib, 10 yanvar kuni Olmaotada hujumlar uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan guruh qo`lga olinganini ma`lum qildi.

Matbuot xabarida gumondorlarning fuqaroligi va ismlari aniqlanmagan. Biroq qo`lga olinganlar Qozog`istonda terakt uyushtirmoqchi bo`lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari ekani aytiladi. Matbuot xabari bilan birga qo`lga olingan olti kishining surati ham e`lon qilingan.

Gumondorlar vaqtincha istiqomat qilib turgan joydan katta quvvatga ega bo`lgan qo`lbola portlovchi moddalarning komponentlari topilgani, shuningdek o`qotar qurollar va o`q-dorilar qo`lga tushirilgani ta`kidlanadi.

"Tergovga ko`ra, qo`lga olinganlar xorijda bo`lgan DAISh jangarilari rahbarligi va topshirig`i bo`yicha harakat qilishgan", - deyiladi qo`mita tarqatgan xabarda.

Shuningdek, "Islom Davlati" (ID) ekstremistik guruhining nomi DAISh sifatida ko`rsatilgan. Xabarlarga ko`ra, portlovchi moddalar ishlatilgan holda qurolli hujum Olmaotada fuqarolari to`planib turgan joyda amalga oshirilishi kerak bo`lgan.

Hozirda tadbirlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar