AsosiyDunyo

Turkiyada avtobus falokati natijasida 15 kishi halok bo`ldi

Turkiyaning janubi-g`arbidagi Isparta provinsiyasida 31 oktyabr kuni sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi natijasida 15 nafar kishi halok bo`ldi, 28 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Yalvak shahrida ishchilarni plantasiyadan olib kelayotgan mikroavtobus ag`darilib ketgan. Halokat joyiga tez yordam mashinasi va qutqaruvchilar kelib, jabrlanganlarni kasalxonaga etkazgan.

Yo`l polisiyachilarining taxminiga ko`ra, haydovchi boshqaruvni nazorat qila olmagan bo`lishi mumkin. Ayni damda voqea tafsilotlari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar