AsosiyDunyo

Vengriya bosh vaziri internetga soliq qo`yish haqidagi qonun loyihasini bekor qildi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o`zi boshchiligidagi «FIDES» partiyasi tomonidan ilgari surilgan internetdan foydalanishga soliq qo`yish haqidagi qonun loyihasini bekor qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Bosh vazirning ta`kidlashicha, internetga soliqni bu shaklda kiritib bo`lmaydi. Qonun loyihasi mamlakat aholisi ishlatilgan har bir gigabayt uchun 150 forint (0,8 dollar) miqdorida soliq to`lashi lozimligini ko`zda tutar edi.

Qonun loyihasi e`lon qilingach, 26 oktyabrdan mamlakatning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. 29 oktyabr kuni eng yirik namoyish poytaxt Budapesht shahri markazida bo`lib o`tgani xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar