AsosiyDunyo

Referendumdan bir yarim oy o`tib, shotlandiyaliklar mustaqillik bo`yicha o`z fikrini o`zgartirdi

Agar mustaqillik masalasi bo`yicha referendum yaqin kunlar ichida o`tkazilsa, shotlandiyaliklar uni yoqlab ovoz bergan bo`lardi. Mintaqa aholisi Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga qarshi ovoz berganidan olti hafta o`tib o`tkazilgan ijtimoiy so`rov natijalari shundan darak bermoqda. Bu haqda Interfax ma`lum qildi.

27—30 oktyabr kunlari olib borilgan so`rovda Shotlandiyaning 52 foiz aholisi mustaqillik tarafdori ekani aniqlangan.

Bir fikrga kelmaganlar yoki referendumda ishtirok etmasligi mumkin bo`lganlar ham nazarda tutilganda, ovozlar 49 foizga 45 foiz nisbatida mustaqillik tarafdorlari foydasiga bo`lingan bo`lar edi.

Eslatib o`tamiz, Shotlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishi to`g`risidagi referendum 18 sentyabr kuni o`tkazildi. Unda 55 foiz saylovchilar mustaqillikka qarshi ovoz bergan edi.

    Boshqa yangiliklar