Markaziy amerikalik muhojirlar karvoni yana o`z harakati boshladi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Ular joriy oyning oxiriga qadar AQShning janubiy chegaralariga etib borishi kutilmoqda. Odamlarning ko`pchiligi Qo`shma shtatlarga borishni istashmayapti, ammo shunga majbur bo`lishmoqda. Migrantlar karvoni ishtirokchilarining asosiy qismi Gonduras fuqarolaridir. Migrantlarning birinchi karvoni yo`lga chiqqan vaqtida bolalar o`limi bilan bog`liq bir nechta vaziyat kuzatilgan. Shundan so`ng harakatlar to`xtatilgan edi.






