AsosiyShou-biznes

Deniel Redkliff eng boy aktyor deb topildi

Garri Potter haqidagi filmlardagi bosh rol talqini bilan tanilgan aktyor Deniel Redkliff bu yil ham hamkasblaridan ko`ra ko`proq pul ishlab topdi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Deniel Redkliff 2009 yildayoq Ginnes rekordlari kitobiga eng ko`p haq to`lanadigan aktyor sifatida kirgan edi. O`shandan beri aktyor bu maqomni saqlab keladi.

Heat World nashriyoti ma`lumotiga ko`ra, 25 yoshli Redkliff «Angliyaning 30 yoshgacha bo`lgan eng boy taniqli shaxslari» reytingida birinchi o`rinni egallagan. Uning boyligi 102,7 millon dollar miqdorda baholanadi.

Deniel Redkliffga 2001 yildan ekran yuzini ko`ra boslagan Garri Potter haqidagi filmlarning ettita qismidagi bosh rol ijrosi mashhurlik keltirgan.

Intervyularning birida aktyor hech qachon boylikka intilmagani, lekin shu borada omadi yurishishini aytib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar