1

Luis Suares: Bizga bir oz omad etishmadi

Sport 02.11.2014, 12:14
Luis Suares: Bizga bir oz omad etishmadi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “Selta”ga qarshi o`yindan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Agar to`p darvozaga kirishni istamasa, hech qachon u erga kirmaydi. Bizda gol kiritish uchun qulay imkoniyatlar etarlicha bo`ldi, ammo omadimiz kelmadi. Bizning raqiblarimiz yagona imkoniyatdan foydalanib, g`alaba qozona olishdi. Biz yangi cho`qqilarni zabt etishni xohlaymiz.

Chunki “Barselona” dunyoning eng yaxshi jamoasi. Muxlislarimiz bizga ishonishadi, futbolchilar esa natijaga mas`ul eng asosiy insonlar hisoblanishadi. “Santyago Bernabeu”da men 45 daqiqani yaxshi o`tkazdim, ammo keyin o`zimda charchoq his qildim. Men pressing va jamoadoshlarim bilan o`zaro o`yin amaliyoti yo`qligidan bir oz o`zimni yo`qotib qo`ydim. “Selta”ga qarshi o`yinda hammasi boshqacha bo`ldi, o`zimni juda yaxshi his qildim”, - deydi Suares ispan matbuotiga bergan intervyusida.

Manba: www.goal.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1