AsosiyDunyo

Moldavalik atlet sovuq havoda 50 km. masofaga yugurdi

'Moldavalik atlet sovuq havoda 50 km. masofaga yugurdi 'ning rasmi

Yoqutistonda moldavalik atlet Dmitriy Voloshin havo harorati o`ta sovuq bo`lishiga qaramay, 50 km. masofani bosib o`tdi, deya xabar qildi TASS nashri.

Sayyoramizning eng sovuq hududlaridan biri bo`lgan Yoqutistonda ayni vaqtda harorat minus 60 daraja bo`lib, Voloshin 50 km. yo`lni 6 soat mobaynida yugurib o`tgan. Yoqutiston atletika federasiyasi sportchi sovuq havoda yugurish bo`yicha rekord natija ko`rsatganini qayd etdi. Sportchi bu ishni xayriya maqsadida qilganini ta`kidlamoqda. U federasiya tomonidan taqdim etiladigan pulni 4 yoshli kasal qizning oilasiga beradi.

    Boshqa yangiliklar