AsosiyDunyo

Leningrad viloyatidagi “Poliplast” zavodida portlash sodir bo`ldi

'Leningrad viloyatidagi “Poliplast” zavodida portlash sodir bo`ldi 'ning rasmi

Rossiyaning Leningrad viloyatida “Poliplast” zavodida portlash sodir bo`ldi, deya ma`lum qildi TASS nashri.

Oqibatda 3 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Zavoddan 72 nafar xodim shoshilinch evakuasiya qilindi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, voqeaga binoda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo`lgan. Avvaliga ishlab chiqarish uskunalarining birida yong`in chiqqan, bu esa portlashga olib kelgan. Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar