Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo`rqish dardiga duchor bo`lgan.
Eynshteyn jon berayotganida uning so`nggi so`zlari ham o`zi bilan birga ketgan — yonida o`tirgan ayol nemischaga tushunmagan.
Mashhur qo`shiqchi Nik Keyv dumcha (?!.) bilan tug`ilgan.
Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida.
Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan.
Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o`ynagan.
Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o`ldirgan. Shundan so`ng u jonvorlarni multfilmlarda «tiriltirish»ga kirishgan.
Bir kuni Betxoven «sayoqligi uchun» qamoqqa olingan.
Oyga qadam qo`ygan astronavtlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — inglizcha Oy ma`nosini beradi.
Yuliy Sezar sochlari to`kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan.
Jorj Vashington tomorqasida marixuana etishtirgan.
Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo`ng`iroq qilmagan — ular gung bo`lishgan.
www.ziyouz.uz saytidan olindi.