Yaponiyaning Kutinoerabu orolida yangi vulqon o`z harakatini boshladi, deb xabar bermoqda TASS nashri.
Orolning janubi-g`arbida uyg`ongan vulqondan ayni vaqtda 6 km. balanlikkacha qora tutun va lava otilib chiqmoqda. Atrofga tarqayotgan zaharli kul esa orol tabiati va insonlar salomatligi uchun xavflidir. Hodisa tufayli hech kim jarohat olmagan. Hozircha evakuasiya holati joriy etilgani yo`q. Biroq vulqon yanada faollashsa, aholini ko`chirishga to`g`ri kelishi mumkin.






