Ular o`zlarining birgina yorqin rollari bir porladilar-u, so`ngra oltin baliqchaday dengiz tubiga g`arb bo`ldilar, deb xabar bermoqda Film.ru nashri.
Edvard Ferlong
12 yoshidayoq “Terminator” sikvelida Jon Konnor roli bilan tanilgan Edvard Ferlong ko`pchilikka ma`lumu mashhur. Ammo u alkogol va giyohvand moddalarga ruju qo`ygani tufayli aktyorlik kar`erasidan mahrum bo`lgan.
Xeyli Joel Osment
Ko`pchilik 90-yillardan katta ekranlarga chiqarilgan “Oltinchi tuyg`u”, “Forrest Gamp” va “Sun`iy ong” filmlaridagi bolakay obrazini yaratgan Xeylini yaxshi eslab qolgani turgan gap. Ammo hozirgi kunga kelib, aktyor kichik byudjetli filmlarda kichik rollarnigina ijro etmoqda.
Elison Porter
“Qo`ng`iroqsoch Syu” yodingizdami? Hozirda ana o`sha “qo`ng`iroqsoch” o`zini qo`shiqchilik sohasiga urgan va mashhurlikka erishmoqda.
Denni Lloyd
Afsonaviy Stenli Kubrikning “Shu`la” filmida asosiy rollardan birini ijro etgan “bolakay” Denni Lloyd o`zini ilm-fanga bashilab, hozirda Kentukki universitetida biologiyadan dars beradi.






