1

Oliy liga 25-tur. Peshqadamlar g`alaba qozonishdi

Sport 02.11.2014, 17:30
Oliy liga 25-tur. Peshqadamlar g`alaba qozonishdi

Mamlakatimizdagi 7ta stadionda Oliy liga 25-tur o`yinlari o`z nihoyasiga etdi. Bugungi o`yinlarda musobaqada peshqadamlik qilayotgan jamoalar o`zlariga bildirilgan ishonchni oqlab, ishonchli g`alabalarga erishishdi.

O`tgan turda chempionlik masalasini hal qilgan “Paxtakor” klubi o`z maydonida “So`g`diyona”ni qabul qilib 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Jizzaxliklar nomdor raqiblariga qarshi imkon qadar munosib o`yin namoyish etishga harakat qilishdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Igor Sergeev Iskandarovning ajoyib uzatmasini golga aylantirib, hisobni ochdi. Birinchi bo`lim Toshkentliklarning kichik hisobdagi g`alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo`limda ham “sherlar” hujum qilishda davom etishdi. Yana o`sha Sergeev Iskanadrov boshlab bergan kombinasiyadan so`ng gol kiritib, dublga erishdi. Bu gol o`yindagi yakuniy gol bo`ldi. “Paxtakor” navbatdagi g`alabani tantana qildi.

Toshkentdagi yana bir o`yinda “Lokomotiv” “Neftchi”ga qarshi maydonga tushib, irodali g`alabaga erishdi. “Temiryo`lchilar” ikki marta hisobda ortda bora turib, yakunda nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki g`alaba qozonishga ham muvaffaq bo`lishdi. Dastlab, Geynrix 73-daqiqada gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Keyin esa zaxiradan maydonga tushgan Alisher Shog`ulomov penaltidan gol kiritib, hisobni 4:2 etkazib qo`ydi.

Yana bir uchrashuvda "Bunyodkor" safarda "Andijon"ga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida ustunlikka erishdi. Sardor Rashidov mazkur o`yinda jarimadan ajoyib gol kiritib, hisobni ochdi. Keyin esa Ivan Miloshevich jamoadoshlarining boshlagan kombinasiyasini yakuniga etkazib qo`ydi.

Qolgan o`yinlar natijalari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
“Paxtakor”- “So`g`diyona” 2:0
Gol: I.Sergeev (31, 72)
“Lokomotiv” - “Neftchi” 4:2
Gol: M.Bikmaev (29), I.Rahimov (45), A.Geynrix (73), A.Shog`ulomov (90+1 pen) - N.Otaqo`ziev (5), Sh.Hakimov (35)
“Andijon”- “Bunyodkor” 0:2
Gol: S.Rashidov (7), I.Miloshevich (13)
“Olmaliq” - “Navbahor” 3:1
Gol: A.Isroilov (7), S.Shoahmedov (72, 83) - Sh.Erkinov (30)
“Dinamo” – “Buxoro” 0:0
“Mash`al” – “Nasaf” 1:1

Gol: M.G`ofurov (90) – A.Gevrokyan (83, pen.)
“Qizilqum” – “Metallurg” 0:0

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1