AsosiyDunyo

Muvaffaqiyatning qiymati haqidagi filmlar

'Muvaffaqiyatning qiymati haqidagi filmlar 'ning rasmi

Shunday filmlar yaratilganki, ularda muvaffaqiyatga erishish uchun qanday qurbonliklar keltirilishi hikoya qilinadi, deb xabar qilmoqda Ivi.ru nashri.

“Yulduz tug`ildi”

Mashhur kantri-xonanda boshlovchi qo`shiqchi qizni sevib qolib, uni mashhurlikka erishishiga yordam beradi, ammo o`zi mashhurlikni qo`ldan boy beradi.

“Yuqoriga”

Film 1972 yilgi Olimpiya o`yinlariga asoslangan. Film davomida sobiq Ittifoqning basketbol bo`yicha terma jamoa murabbiyi jamoa g`olib bo`lishi uchun nelarga rozi bo`lgani hikoya qilinadi.

“Ijtimoiy tarmoq”

Mark Sukerberg Feysbukni yaratishi mobaynida yuzlab do`stlarini yo`qotishi haqidagi drama.

“La-La Lend”

Mashhur aktrisa bo`lishni orzu qilgan Mia va o`z klubini ochishni istagan Sebastyan bir-biriga ko`ngil qo`yadi. Bir kun kelib ular orzulariga ham erishishadi. Ammo birgalikda emas.

“Baxt izlab”

Uill Smit ushbu kartinada multimilloner Kris Gardnerning qanday qilib shuhrat shohsupasiga chiqishini ekranlashtirgan. Kris qo`lida bolasi bilan ko`chada qoladi, hatto unga rafiqasi ham vafodor bo`lolmaydi. Ammo Kris farzandi uchun har nega tayyor turadi.

    Boshqa yangiliklar