Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqqa havodan aviazarbalar berdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Isroil armiyasining xabar berishicha, nishon Suriya hududidagi Eronning “Al-Quds” kuchlari bo`lgan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu voqeani sharhlar ekan, bu Eronning mintaqadagi harbiy ishtirokiga qarshi siyosatning bir qismi ekanini ta`kidlagan.






