Fransiyaning Alp tog`lari tizmasidagi Kurshevel tog` chang`i kurort zonasida katta yong`in sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.
Fojia natijasida 2 kishi halok bo`lgan va 4 kishi kuyish jarohatini olib, vertolyot yordamida shifoxonaga etkazildi. Shuningdek, yana 20 nafar inson turli darajada jabrlangani xabar qilinmoqda. O`t o`chiruvchilarning xabar qilishicha, ayrim dam oluvchilar yong`in vaqtida oynadan pastga sakrashgan. Binoda xavfsizlik qoidalaria rioya etilmagani esa alanga kelib chiqishiga olib kelgan.






