O`rtaer dengizida yana bir guruh muhojirlar qutqarib olindi, deya ma`lum qilmoqda Day.Az nashri.
Liviyadan Italiya tomon yo`lga chiqqan muhojirlar Italiya sohillariga yaqinlashganida halokatga uchragan. Ular Sea-Watch xayriya tashkiloti tomonidan qutqarib olindi. Qutqarilgan 47 nafar migrantlar orasida 8 nafar voyaga etmagan bolalar ham bor. Tashkilot hozircha odamlarni qaerga yuborishi noma`lum. Italiya ularni qabul qilishni keskin rad etgan. Agarda qochoqlarni birorta mamlakat qabul qilishni istamasa, ular ortga qaytarib yuboriladi.






