Kanadaning Oleyte shahridagi ko`ldan kiyik qutqarib olindi, deya xabar qildi Segodnya nashri.
Gap shundaki, kiyik bolasi muzlagan ko`lga tushib qolgan va quruqlikka chiqolmay, o`sha erda bir necha saot qolib ketgan. Voqeadan xabar topgan mahalliy aholi vakillari uni qutqarishga urinishdi, biroq suvning sovuqligi sabab jonivorni olib chiqishning iloji bo`lmagan. Shundan so`ng hududga chaqirtirilgan o`t o`chirish guruhi uni jaroxatsiz qutqarishga muvaffaq bo`ldi. Shundan so`ng kiyik o`rmon zonasiga qaytarilgan.






