Ispaniya poytaxti Madridda Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu ustidan sud majlisi bo`lib o`tdi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.
Ronaldu Ispaniyada, “Real” safida to`p surganida 4 holatda soliqlarni to`lashdan qochgan va davlatga jami 14,7 mln. evro miqdorida zarar keltirgan. Sud jarayonida futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha bo`lgan muddatda moliyaviy jinoyatlarga qo`l urganini tan oldi. Yakuniy hukmga ko`ra, Ronaldu 23 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo Ispaniya qonunchiligiga ko`ra, bu muddat 2 yildan kam bo`lgani tufayli Ronaldu ushbu muddatni qamoqxonada o`tamaydi.






