Venesuelada muxolif parlamenti – Milliy assambleya etakchisi Xuan Guaydo o`zini mamlakat prezidenti sifatida e`lon qildi va davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, parlament Guaydoni Venesuela prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida e`lon qilgan. Guaydo Karakasda to`plangan o`n minglab namoyishchilar qarshisida o`zini “o`tish davri prezidenti” deb atagan. AQSh prezidenti Donald Tramp ham uni qonuniy prezident sifatida tan oldi. U mamlakatning amaldagi rahbari Nikolas Maduroning prezidentligini noqonuniy deb hisoblashini ham ta`kidlagan.






