Ispaniyaning janubiy qismida 13 yanvar kuni burg`ulangan quduqqa tushib ketgan 2 yoshli qizaloqni qidirish ishlari hamon davom etmoqda, deb xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.
Hozirda qutqaruvchilar parallel ravishda shaxta qazib, yana bir gorizontal tunnel ochishga urinishmoqda. Biroq bu jarayon ham ancha xavfli bo`lib, erosti o`pirilishi ro`y berishi mumkin. Chuqurning kengligi bor-yo`g`i 25 sm. bo`lib, bolani qutqarishning boshqa imkoni yo`q. Go`dak tirikmi yoki halok bo`lgani noma`lumligicha qolmoqda.






