Rossiyaning Moskva shahri yaqinidagi Zelenograd okrugida ochiq maydondagi an`anaviy qishki regbi musoboqasi bo`lib o`tdi, deb xabar qildi Trend nashri.
Har yili qalin qor yog`ishi bilan o`tkaziladigan bu sport o`yinida bu yil 28 ta erkaklar va 12 ta ayollar jamoasi ishtirok etdi. Havo harorati minus 23 darja sovuq bo`lishiga qaramay, qiziqarli o`yinni bevosita ko`rish uchun yuzlab tomoshabinlar kelishgan. Bu an`ana 1978 yildan beri Zelenograd shahri aholisi tomonidan o`tkazib kelinadi.






