Somalidagi kichik korxonalardan biri plastik chiqindilarni tomni yopish materialiga aylantirmoqda, deya ma`lum qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.
Hozirda mamlakatning barcha hududlaridagi chiqindilar poytaxt Mogadishodagi korxonaga olib kelinmoqda va ular qayta ishlangan holda tomlarni yopish uchun foydalaniladigan tayyor mahsulotga aylanmoqda. Bu har tomonlama foydali loyiha bo`lib, birinchidan, atrof-muhit tozaligi ta`minlansa, ikkinchidan, yuqori daromad keltiradi. Bundan tashqari, bu ko`plab boshpanasiz odamlarning daromad manbaiga aylanmoqda. Korxona har 1 kilogramm chiqindi uchun 20 sentdan to`laydi. Ushbu qurilish mahsulotini xorijiy davlatlarga ham eksport qilish rejalashtirilmoqda.






