AsosiyDunyo

Sobiq prezident davlatga xiyonatda ayblandi

'Sobiq prezident davlatga xiyonatda ayblandi 'ning rasmi

Ukrainaning Kiev shahar sudi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni davlatga xiyonatda ayblab, uni 13 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar qildi Layf.ru nashri.

Sud uning aybi to`liq isbotlanganini ma`lum qildi. Viktor Yanukovich Moskvadan Ukrainaga harbiylarni olib kirishni so`raganlikda ayblanmoqda. U 2014 yilda hukumat o`zgarganidan so`ng, Rossiyaga qochib o`tgan. Yanukovich bu holatni uyushtirilgan siyosiy o`yin deb atamoqda. Uning advokati esa amaldagi rahbariyatga qarshi jinoiy ish qo`zg`atish uchun kerakli materiallar to`playotganini ta`kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar