“Eurostat” agentligi o`tkazgan tadqiqotlarga ko`ra, so`nggi yillarda Evropada chiqindilar miqdori tobora ortib bormoqda, deb xabar qilmoqda Korrespondent.ru nashri.
Hozirda chiqindi uyumlaridan iborat tepaliklar tog`ga aylanmoqda. Keltirilgan statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2013 yilda evropaliklar tomonidan 242,195 tonna chiqindi chiqarilgan. Bu esa aholi jon boshiga o`rtacha 487 kg.dan to`g`ri keladi. 2017 yilga kelib esa bu ko`rsatkich 249 238 tonnaga etgani qayd etildi. 2017 yildan buyon mavjud chiqindilarning 30 foizi qayta ishlab chiqarilgan, 28 foizi yoqib, 24 foizi esa ko`mib yuborilgan.






