Evropada migrasiya masalasi Davos Butunjahon iqtisodiy forumida muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri bo`ldi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Xalqaro Migrasiya Tashkiloti rahbari Antonio Vitorino bu borada barcha davlatlarni hamkorlik qilishga chaqirdi.
“Hech bir mamlakat bu muammo bilan alohida shug`ullanib, mas`uliyatni o`z zimmasiga ololmaydi. Shuning uchun hamkorlikda ish ko`rish lozim. Biz chorak milliondan ortiq muhojirlar taqdiriga befarq bo`lolmaymiz”, - dedi Antonio Vitorino.






